«yaqin sharq» tegli maqolalar


“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida
6 noyabr 2024, 14:44

“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. “Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi u. Shuningdek, BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoraladi.

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda — TIV
3 oktabr 2024, 20:44

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. “Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Isroil BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qildi va uning mamlakatga kirishini taqiqladi
2 oktabr 2024, 16:55

Isroil BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qildi va uning mamlakatga kirishini taqiqladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda persona non grata deb e’lon qilindi. Bu bilan Guterrishning Isroilga kirishi ta’qiqlandi. Isroil tashqi ishlar vaziri buning sababi sifatida bosh kotib Eronning Isroilga qilgan hujumini “qat’iy qoralay olmagani”ni keltirdi.

Isroil Eronning raketa hujumiga “keng ko‘lamli javob” tayyorlamoqda — Axios
2 oktabr 2024, 15:13

Isroil Eronning raketa hujumiga “keng ko‘lamli javob” tayyorlamoqda — Axios

Isroil Eronning ommaviy raketa hujumlariga “muhim javob zarbasi”ni tayyorlamoqda. Ehtimoliy nishonlar Eronning neft va yadroviy obyektlari bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda G‘arb OAV.

Isroil Erondan raketa hujumiga uchradi, o‘zbekistonliklar ehtiyot bo‘lishga chaqirildi
2 oktabr 2024, 09:03

Isroil Erondan raketa hujumiga uchradi, o‘zbekistonliklar ehtiyot bo‘lishga chaqirildi

Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.

Isroil Livanda harbiy operatsiya boshladi — OAV
1 oktabr 2024, 11:07

Isroil Livanda harbiy operatsiya boshladi — OAV

Bir qator ommaviy axborot vositalari Isroil Livan janubida harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Isroilning o‘zi esa bu “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilgan cheklangan operatsiya ekanini ta’kidlamoqda. Reuters Livandagi qochqinlar lageriga zarba berilganini yozdi.

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi
28 sentabr 2024, 17:40

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.

Fors ko‘rfazi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi katta urushdan qo‘rqmoqda — Reuters
15 aprel 2024, 15:46

Fors ko‘rfazi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi katta urushdan qo‘rqmoqda — Reuters

Fors ko‘rfazi davlatlari Isroil va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishidan qo‘rqmoqda, chunki vaziyatga ularning o‘zlari ham jalb qilinishi xavfi mavjud. Ular AQSh bilan birgalikda Tel-Aviv hamda Tehronga bosim o‘tkazmoqda, deb yozdi Reuters.

WSJ: Saudiya Arabistoni podshohlikka Eron hujum uyushtirishi mumkinligini ma’lum qildi
3 noyabr 2022, 14:01

WSJ: Saudiya Arabistoni podshohlikka Eron hujum uyushtirishi mumkinligini ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni tomoni AQShga podshohlikdagi marralarga Eron hujumlar tayyorlayotgani haqidagi razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Wall Street Journal. AQSh bundan xavotirda ekani va «zarurat tug‘ilganida o‘ylanib o‘tirmay javob qaytarishi»ni ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 aprel 2021, 22:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaqin Sharqda 50 mlrd tup daraxt ekilishi, Turkiyaning Istanbul kanali qurilishidan voz kechmasligi, Efiopiyada jamoalararo to‘qnashuvda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi
27 oktabr 2020, 14:30

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi

Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlarda aholi fransuz mahsulotlarini boykot qilmoqda va «islomofoblar kampaniyasiga» qarshi choralar ko‘rmoqda. Bu reaksiyaga Fransiya prezidentining mamlakat so‘z erkinligi, shu jumladan karikaturalardan voz kechmaydi degan so‘zlari sabab bo‘ldi. U bu haqda o‘quvchilarga Muhammad payg‘ambarning Charlie Hebdo karikaturasini ko‘rsatgan va kelib chiqishi chechen millatidan bo‘lgan immigrant tomonidan o‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida aytgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting